Filippin prezidenti Rodrigo Duterte politsiyachilar hibsga olish paytida tajovuzkor xatti-harakat qilgan gumondorlarni otib o‘ldirishga haqli ekanligini bildirib o‘tdi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Burchimiz bizdan hibsga olinayotgan shaxsning qarshiligini bostirishni talab qiladi. Agar u qarshilik ko‘rsatsa yoki tajovuzkorlik namoyon qilsa, biz bu ahmoqlarni o‘ldirishga haqlimiz, bu mening sizlarga ko‘rsatmam”, — dedi Filippin yetakchisi politsiya vakili bilan suhbat chog‘ida.
Shu bilan birga, Duterte noqonuniy qotilliklar taqiqlanganini, politsiyachilar doimo qonunga amal qilishi lozimligini qo‘shimcha qildi.
Duterte o‘zining narkodilerlarga nisbatan shafqatsiz munosabati bilan mashhur. U huquq himoyachilari tomonidan bir qancha jinoyatchilarni o‘ldirganlikda ayblanadi.
Izoh (0)