Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017-yil 25-iyuldagi 4-son qarori bilan Toshkent davlat texnika universitetida 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida masofaviy o‘qitish elementlarini qo‘llagan holda sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun qabulni amalga oshirishga rozilik bildirilgan, deb xabar berdi universitet matbuot xizmati.

Foto: “1-avgust.uz”

Foto: “1-avgust.uz”

Shu sababli universitet sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish istagini bildirgan fuqarolarni o‘qishga taklif etadi. Hujjatlar 2017-yil 20-avgustgacha qabul qilinadi.

Sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Rektor nomiga ariza;
  2. Oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);
  3. 3,5 x 4,5 santimetr hajmdagi 6 dona fotosurat;
  4. №086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  5. Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi;
  6. Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi