Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniyadagi eng yirik kema — “Qirolicha Yelizaveta” yangi avianosetsining uchish-qo‘nish palubasiga havaskorlar droni sezdirmay qo‘ngach, Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi xavfsizlik choralariga yondashuvni qayta ko‘rib chiqadi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Hodisa Xaylendsdagi Invergordonda yuz berdi. Black Isle Images guruhi fotosuratchilaridan biri avianosets o‘tgan oyda Invergordonga kelib to‘xtaganidan buyon, uni suratga oladi va videoga tushiradi. Dron iyul kunlaridan birida kemani tasvirga tushirish uchun yana yo‘l olganida kuchli shamol turdi, uchuvchisiz qurilma esa avariyaga qarshi datchiklar bilan jihozlangani uchun avtomatik tarzda palubaga qo‘ndi.

Keyinroq fotosuratchi kemasozlik korxonasi qo‘riqlov xizmatiga hodisa haqida xabar berdi va o‘z ma’lumotlarini taqdim etdi, ammo u bilan hech kim bog‘lanmadi.

Mudofaa vazirligi vakili ma’lum qilishicha, muassasadagilar voqeadan xavotirga tushgan va avianosets xavfsizligiga “juda jiddiy” yondashmoqda. “Voqea haqida Shotlandiya politsiyasiga yetkazildi va tekshiruv jadallik bilan bormoqda, biz shu tufayli xavfsizlik choralarini kuchaytirdik”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin