Afg‘oniston shimolida “Tolibon” radikal harakati jangarilari 235 nafar tutqunni ozod qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tutqunlar orasida ayollar va bolalar bor, deb ma’lum qildi Saripul viloyati hokimining vakili Zabihulla Amoniy.
Ozod qilinganlar Saripulga evakuatsiya qilindi. Yana necha kishi jangarilar qo‘lida qolayotgani noma’lum.
Muqaddam shu hududda jangarilar 40 kishini qatl qilgani bildirilgan.