“Ivanushki International” guruhining sobiq solisti Oleg Yakovlev 7-avgust, dushanba kuni Moskvadagi Troyekurov qabristoniga dafn etildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “AiF” xabar berdi.
Dafn marosimida qo‘shiqchining 20 ga yaqin do‘stlari va qarindoshlari, jumladan, prodyuseri Igor Matviyenko ham ishtirok etdi. Yakovlev so‘nggi manzilga davomli qarsaklar bilan kuzatildi. Qo‘shiqchining jasadi krematsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, “Ivanushki International” guruhining sobiq solisti 47 yoshli Oleg Yakovlev 29-iyun kuni olamdan o‘tgandi.
Izoh (0)