1. Pripyat, Ukraina
Texnogen fojia Pripyatni o‘lik shaharga aylantirdi. 1986-yildagi Chernobil AES avariyasidan so‘ng aholi bu yerdan evakuatsiya qilindi. Bir necha yil davomida hudud dezaktivatsiya qilindi. Ayni paytda bu yerda radiatsiya darajasi ancha pasaygan. Ammo shahar hali ham hayotga qaytmadi. Pripyat atom fojiasining ne qadar xavfli ekanligini namoyish etuvchi o‘ziga xos ramzga aylanib qoldi. Shunga qaramay, bu yerga ekskursiyalar kelishda davom etmoqda.2. Xirosima va Nagasaki, Yaponiya
Ikkinchi jahon urushining yakunida AQSh Yaponiyaning tilga olingan shaharlari ustiga ikkita atom bombasi tashladi. Buning oqibatida shaharlar 80 foizga vayron bo‘ldi. 450 ming kishi halok bo‘ldi. Kimlardir portlash paytida halok bo‘lgan bo‘lsa, kimlardir nurlanib, azobli o‘lim topdi.
1960-yillarda yaponlar shaharlarni qayta tikladi. Ortiq bu yerda hayot ilgarigiday davom etmoqda.3. Fukusima, Yaponiya
2011-yil 11-martida Yaponiyada yana bir fojia ro‘y berdi: kuchli zilzila shiddatli sunamini keltirib chiqardi. Buning oqibatida Fukusima-1 AESda yirik radiatsion avariya yuz berdi. Fukusima atrofida 20 kilometrli chetlanish zonasi tashkil etildi, minglab odamlar yaqin atrofdagi shaharlarni tark etdi. Zararlangan hududni dezaktivatsiya qilish jarayoni davom etmoqda, ammo odamlar bu yerga qaytishiga hali ancha bor.4. Pompei, Italiya
79-yilning 24-avgust kuni Vezuviy vulqonining otilishi oqibatida Rim imperiyasining yirik shaharlaridan biri — Pompei, shuningdek, uning yaqinida joylashgan kichikroq Gerkulanum va Stabii shaharlari qaynoq magma ostida qolib ketdi. O‘sha payti Pompeida istiqomat qiladigan 20 ming kishidan 2 ming nafari halok bo‘ldi. Arxeologlar uzoq yillar davomida shahar vayronalarida qazishma ishlarini olib bordi va vulqon tashlamalari ostida asliday saqlanib qolgan shaharni ochishga erishdi.5. Kataniya, Italiya
Italiyaning bu shahri ham ko‘plab fojialarni boshidan kechirgan. 1169-yili shahar zilzila oqibatida vayron bo‘ldi. 1347-yili o‘lat deyarli barcha aholining qirilib ketishiga sabab bo‘ldi. 1669-yili Etna vulqonining otilishi oqibatida shahar yana xarobaga aylandi, 1693-yili esa yana bir yirik zilzila ro‘y berdi. Ammo odamlar uylarini tark etmadi va shaharni sekin-asta tikladi.6. Xamberston va Santa-Laura, Chili
Yuqoridagilardan farqli ravishda, shahar tabiiy yoki texnogen fojia oqibatida emas, inqiroz tufayli tark etildi. Bir vaqtlar tilga olingan shaharlar ulkan iqtisodiy o‘sishga erishib, gullab-yashnayotgan edi. Bu yerda selitra ishlab chiqarilar, qo‘shni mamlakatlardan ishchilar Xamberston va Santa-Lauraga oshiqar edi. Ammo Buyuk tushkunlik yillarida ammiak sintezi rivojlanishi tufayli bu yerdagi korxonalar xonavayron bo‘ldi. Odamlar shaharlarni tark etdi, va bu yerda hayot to‘xtadi. 2005-yili bu ikki kimsasiz yer ochiq osmon ostidagi muzeyga aylandi — ular YuNЕSKO Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritildi.7. Detroyt, AQSh
Inqiroz AQSh shaharlarini ham chetlab o‘tmadi. Hali yarim asr muqaddam Detroyt mamlakatning eng boy shaharlaridan biri edi. Ammo avtomobilsozlik sanoatidagi tushkunlik Detroytning halokatiga olib keldi. Korxonalar yopildi, odamlar ish qidirib boshqa joylarga ketdi. Hozir Detroyt bo‘m-bo‘sh shaharga aylanib qolgan. Bu yerda AQSh bo‘yicha ta’limning eng past, jinoyatchilikning eng yuqori ko‘rsatkichi qayd qilingan.8. Xasima, Yaponiya
Yaponiyaning bu oroli foydali qazilmalarni nazoratsiz olish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol namoyish etadi. XIX asr boshida Xasima qoyalarida ko‘mir aniqlandi. Ishchilar kelib, joylasha boshlagach, kimsasiz joy chinakam sun’iy orolga aylandi. Aholi soni 5 ming kishiga yetdi. Ammo ko‘mir tugagach, aholi Xasimani tark etdi. 1970-yillarda orol arvoh-shaharga aylandi.9. Sentreyliya, AQSh
Bir vaqtlar bu yer 2 ming kishi yashaydigan konchilar shaharchasi bo‘lib, o‘ziga yarasha rivojlanayotgan, hatto gullab-yashnayotgan edi. 1962-yili chiqindilar yoqilishi paytida axlatxonada yer osti yong‘ini boshlanib ketdi. Yong‘inni haligacha o‘chira olishmadi. Konchilar shaharni tark etishga majbur bo‘ldi. Silent Hill xorror filmlari va kompyuter o‘yinlari aynan shu shahar tarixi asosiga qurilgan.10. London, Buyuk Britaniya
1666-yili Londonda kuchli yong‘in ro‘y berdi. 2–5-sentabr orasida 70–80 ming kishi boshpanasiz qoldi, 87 cherkov, 13500 uy yonib ketdi.11. Galifaks, Kanada
1917-yil 6-dekabrida Galifaks shahri bandargohida kuchli portlash amalga oshirildi. Bu yadrogacha bo‘lgan davrda inson tomonidan uyushtirilgan eng qudratli portlash hisoblanadi. Fojia portlovchi modda ortilgan “Monblan” harbiy kemasining Norvegiyaga qarashli “Imo” kemasi bilan to‘qnashuvi oqibatida yuz berdi. Shaharning bir qismi yer bilan bir bo‘ldi, 2 ming kishi joyida halok bo‘ldi, 9 ming kishi yaralandi, ularning 400 nafari ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘ldi. U payti shahardagi 3 maktabda 500 bola o‘qir edi. Ulardan faqat 11 nafari tirik qoldi.
Izoh (0)