Hindistonning Bangalor shahri yaqinidagi Bannergxatta milliy bog‘ida Sander laqabli fil u bilan selfi tushish uchun volyerga kirib olgan 27 yoshli erkakni bosib o‘ldirdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Voqea 25-iyul kuni ro‘y berdi. Politsiyachilar Abxilash ismli jabrlanuvchining jasadini shifoxonaga yetkazdi. U yerda qarindoshlari ishtirokida erkakni tanish jarayoni o‘tkazildi.
Jonivor o‘z vaqtida amerikalik aktrisa Pamela Anderson va britaniyalik xonanda Pol Makkartni tufayli mashhur bo‘lgan edi. Tilga olingan san’atkorlar unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘layotgan xo‘jayinlarga qarshi uyushtirilgan kampaniyaga qo‘shilgan edi. Kampaniya yakunlariga ko‘ra fil shafqatsiz egalarining qo‘lidan qutqarib olingan edi.
Izoh (0)