21-iyul kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra Kiyevda chiqishi qilayotgan paytda Ukraina delegatsiyasining a’zosi hushidan ketib qoldi. Voqea aks etgan videolavha YouTube’ga joylashtirildi.
Amaldor hushini yo‘qotganiga ikki davlat rahbari ham e’tibor qaratdi. Lukashenko nutqini to‘xtatib turdi, Poroshenko esa delegatsiya a’zolariga yaqinlashdi.
Hushidan ketgan erkakni zaldan olib chiqib ketishdi. Shundan so‘ng Belarus yetakchisi muzokaralar intensiv sur’atda davom etayotgani bo‘lib o‘tgan voqeaga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Aytilishicha, hushidan ketgan amaldor davlat chegara xizmatining 61 yoshli raisi Viktor Nazarenkodir.
Izoh (0)