Fotogalereya: Floridada joylashgan eng ajoyib tabiat mo‘jizalari
Florida o‘zining ajoyib plyajlari, go‘zal tabiati bilan mashhur. “Forum Daily” nashri Floridadagi tabiat ajoyibotlariga boy bo‘lgan maskanlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Falling Waters State Park, Chipley
Ushbu bog‘ 70 gektar maydonni o‘z ichiga oladi. Bu yerda 20 metrli sharshara ham joylashgan, uning suvi qayerga oqib ketishini shu kunga qadar hech kim bilmaydi. Sharsharani tomosha qilish istagida bo‘lganlar ushbu maskanga kech qishda va erta bahorda borishlari tavsiya qilinadi, chunki bu vaqtda uning suvi ko‘p oqadi. Shuningdek, bog‘da sharsharadan tashqari kapalaklar bog‘i, sayr qilish joylari, baliq tutish uchun kempinglar, kichik ko‘l va plyaj joylashgan.
Florida Caverns State Park, Marianna
Ushbu qo‘riqxonadagi g‘orlar Florida hududa turistlar uchun ochiq hisoblangan yagona g‘orlar hisoblanadi. Ohaktoshlar atrofidan oqib o‘tuvchi yer osti suvlari uni yuvib turli ajoyib shakllar — tosh irmoqlar, hovuzlar, stalagmit, va stalaktitlar hosil qiladi.
Torreya State Park, Bristol
Ushbu bog‘ Florida shimoli-g‘arbida joylashgan. U juda noyob daraxtning uyi hisoblanib, uning sharafiga ushbu nomni olgan.
Everglades National Park
Floridadagi eng ajoyib bog‘lardan biri, shuningdek, bu yerda mamlakatdagi eng katta tropik sahro joylashgan. Milliy bog‘ yuzdan ortiq noyob o‘simliklar va hayvonlar uchun uy vazifasini bajaradi.
Crystal River
Daryoga yer ostidagi manbalaridan oqib kelivchi iliq, shaffof suvlari orqali shunday nomga sazovor bo‘lgan. Bu yerda delfinlarni, toshbaqalarni, havorang qisqichbaqalarni, qush va baliqlarning turfa xillarini uchratish mumkin.
John Pennekamp Coral Reef State Park, Key Largo
Jon Pennekampning korall riflari bog‘i jonli riflarni va dengiz ajoyibotlari tomosha qilish mumkin bo‘lgan Floridadagi eng yaxshi maskanlardan biri hisoblanadi.
Devil’s Millhopper Geological State Park
Bu yerda ko‘p asrlar oldin paydo bo‘lgan juda chuqur o‘ra mavjud. Unga tog‘ irmoqlardan oqib keladigan suvlar quyuladi. Yog‘ochdan ishlangan uzun zina o‘raning tubiga qadar tushib boradi.
Izoh (0)