“Yuventus”ning asosiy himoyachilaridan biri Leonardo Bonuchchi Turinni tark etib, “Milan” safiga qo‘shilgach, himoyachi “Yuve” yechinish xonasida bo‘lib o‘tgan mash-masha haqida gapirib berdi.
“Chempionat” nashrining qayd etishicha, Chempionlar ligasining “Real”ga qarshi kechgan final o‘yinida futbolchilar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Tanaffus vaqtida Dani Alves jamoadoshi Paulo Dibaladan g‘azablangan va uni jon kuydirib o‘ynamayotganlikda, sariq kartochkadan so‘ng o‘yinni tashlab yuborganlikda ayblagan.
Bu vaqtda xonaga bosh murabbiy Massimiliano Allegri kirib kelib, Dibalani himoya qiladi va Alvesdan o‘zini bosib olishni so‘raydi. Leonardo Bonuchchi ham Alvesning fikriga qo‘shildi. Dibala esa kulimsirab, o‘zini e’tirozlarga bee’tibordek tutdi. Bonuchchi bu qiliqdan g‘azablanib, Dibalaning tomog‘idan oladi va uni burchak itarib yuboradi.
Shunda Andrea Barzali aralashib, Alves hamda Bonuchchiga tinchlanishi kerakligini aytadi. Bonuchchiga Dibala birinchi bo‘limda Marseloni bir necha marotaba o‘tkazib yuborgani yoqmagandi. O‘z navbatida Barzali ham jim turmadi va birinchi gol Bonuchchining xatosidan kelib chiqqanini uning yuziga soldi. Allegri bir amallab mushtlashuv oldini oldi.
“Bu jamoa bilan boshqa o‘ynamayman. Endi mensiz davom etadi”. Bu Bonuchchining ikkinchi bo‘limga chiqish oldidagi fikrlari edi. “Yuventus” keyin hech narsa qila olmadi va “Real” raqib darvozasini bir necha marotaba ishg‘ol qilib, turnir g‘olibiga aylandi.
Izoh (0)