Amsterdamdagi Sxipxol aeroportida samolyotlarning bo‘ron hamda kuchli yon shamollar vaqtda yerga qo‘nishi videoga olindi. Rolik mylosairplanefan’ning YouTube’dagi kanaliga joylashtirildi.
Ekstremal sharoitga KLM aviakompaniyasining Embraer E 190 samolyoti, Emirates’ga tegishli Airbus A380 samolyoti, Qatar Airways tashuvchisi Boeing 777 tushib qolgan. Videodan ko‘rish mumkinki havo kemalarining yerga qo‘nishiga bir necha soniya qolganida ular kuchli tebrangan va chayqalgan.