Rossiyalik afsonaviy shaxmatchi, jahonning sobiq chempioni Garri Kasparov faoliyatini qaytadan boshlash niyatida, deb yozdi ISport nashri.
Shaxmatchi Sent-Luis mezbonlik qiladigan Sinquefield Cup turnirida ishtirok etishga qaror qilgan. Bunda u blits va rapid yo‘nalishlarida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Kasparovdan tashqari musobaqaga Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Xikaru Nakamura, Sergey Karyakin, Vishvanatan Anand, Yan Nepomnyashiy, Lenyer Dominges va Le Kuang Lyem kabi mashhur grossmeysterlar tashrif buyuradi, deb ma’lumot tarqatgan Grand Chess Tour rasmiy sayti.
Garri Kasparov shaxmatdagi faoliyatini 2005-yilda yakunlagandi. Oradan 12 yil o‘tib u yana dona suradi.