Germaniya politsiyasi 30 yoshli erkakning uyidan ko‘p miqdorda sovuq qurol va portlovchi modda topdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Gamburg politsiyasi Rostok shahrida yashovchi erkak 7–8-iyul kunlari o‘tadigan G20 sammitida jiddiy jinoyat rejalashtirayotgani haqida ogohlantirildi. Politsiyachilar ushbu axborot asosida tekshiruv o‘tkazib, jinoyatni rejalashtirgan shaxsni qo‘lga oldi.
Bild nashriga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs so‘l radikal ekstremistdir. U 10-iyulgacha ushlab turilibdi. Shuningdek, unga nisbatan noqonuniy qurol saqlash va kriminal jamoat yaratish ayblovi ilgari surilishi kutilmoqda.