AQSh prezidenti Donald Tramp fransiyalik hamkasbi Emmanyuel Makronning Fransiyaga kelish taklifini qabul qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tashrif Fransiyaning eng muhim milliy bayrami — Bastiliyaning qulashi nishonlanadigan 14-iyul sanasida amalga oshiriladi. Tramp ushbu kun munosabati bilan uyushtiriladigan paradda qatnashadi.
Bundan tashqari, paradda AQSh harbiy xizmatchilari ham ishtirok etishi aytilmoqda.
Izoh (0)