21-iyun kuni qirol Salmon o‘g‘illaridan biri Muhammad ibn Salmonni Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi etib tayinladi. Hukmron sulola Al Saudlarning (saudiylar) eng ko‘zga ko‘ringan va nufuzli vakillari bilan “Kommersant” fotogalereyasida tanishishingiz mumkin.
Salmon bin Abdulaziz Al Saud (1935-yilning 31-dekabrida tug‘ilgan) — sulola yetakchisi. Akasi qirol Adbullohning o‘limidan so‘ng 2015-yilning 23-yanvarida qirollik taxtini egallagan. Mamlakatning birinchi qiroli Abdulaziz ibn Saudning (1932—1953) 45 nafar o‘g‘lidan biri. Taxtni egallagunga qadar mamlakatning mudofaa vaziri (2011-yildan boshlab) va Ar-Riyod gubernatori lavozimlarini egallagan.
Muhammad bin Salmon (1985-yilning 31-avgustida tug‘ilgan) — 2017-yilning 21-iyunidan Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi. Qirol Salmonning o‘g‘li. 2015-yilning 23-yanvaridan mamlakatning mudofaa vaziri va bosh vazirning birinchi o‘rinbosari. Qirollik sudi rahbari.
Al-Valid bin Talyal Al Saud (1955-yilning 7-martida tug‘ilgan) — qirol Salmonning jiyani, Talyal ibn Abdulaziz Al Saudning o‘g‘li. Tadbirkor va xalqaro investor, Qirollik xolding kompaniyasi rahbari. 2017-yilning 31-mayida uning boyligi 17,1 milliard dollarga baholangan. Time jurnali unga “Arab Uorren Baffeti” laqabini bergan.
Bandar bin Sulton Al Saud (1949-yilning 2-martida tug‘ilgan) — Saudiya Arabistoni shahzodasi, qirol Salmonning jiyani. 1983—2005-yillarda Saudiya Arabistonining AQShdagi elchisi. 2005—2015-yillarda Milliy xavfsizlik kengashining bosh kotibi, keyinchalik bu lavozim bekor qilingan.
Sulton bin Salmon ibn Adbulaziz Al Saud (1956-yilning 27-iyunida dunyoga kelgan) — 2000-yildan buyon Turizm va milliy meros bo‘yicha komissiyaga yetakchilik qilib kelmoqda. Qirol Salmonning hozirda hayot o‘g‘illaridan kattasi. 1985-yilda arab dunyosining kosmosda bo‘lgan birinchi vakili bo‘ldi.
Mukrin ibn Abdulaziz Al Saud (1945-yilning 15-sentabrida tug‘ilgan) — qirol Salmonning kichik ukasi. Qirol Abdullohning o‘limidan so‘ng 2015-yilning 23-yanvarida valiahd shahzodaga aylandi. O‘sha yilning 29-aprelida qirol Salmon taxt merosi tartibini o‘zgartirgandan so‘ng mazkur maqomidan ayrildi. 2005—2012-yillarda Umumiy razvedka xizmatiga rahbarlik qilgan. 1980—2005-yillarda dastlab Xail viloyati, keyinroq Madina viloyatining gubernatori bo‘lgan.
Feysal bin Bandar Al Saud (1943-yilda dunyoga kelgan) — 2015-yilning 29-yanvaridan Ar-Riyod viloyati gubernatori. Qirol Salmonning jiyani. 1992—2015-yillarda Al-Qosim viloyatini boshqargan.
Muhammad bin Naif bin Abdalaziz Al Saud (1959-yilning 30-avgustida tug‘ilgan) — Saudiya Arabistoning sobiq merosxo‘r shahzodasi (2015-yilning 29-aprelidan 2017-yilning 21-iyuniga qadar). Qirol Salmonning jiyani, Naif bin Abdal-Azizning (2012-yilda vafot etgan valiahd shahzoda) o‘g‘li. 2012-yilning 5-noyabridan 2017-yilning 21-iyuniga qadar mamlakat ichki ishlar vaziri lavozimini egallagan.
Mutaib bin Abdulloh bin Abdalaziz Al Saud (1952-yilning 26-martida tug‘ilgan) — 2013-yildan boshlab Saudiya Arabistoni Milliy gvardiyasi vaziri. 2010—2013-yillarda Milliy gvardiya qo‘mondoni. Qirol Salmonning jiyani, sobiq qirol Abdullohning o‘g‘li.
Izoh (0)