Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon shahriga tashrifi chog‘ida 1987-yilda qurilgan Qo‘qon shahar teatrini borib ko‘rdi. Teatr binosi, jumladan, 750 tomoshabinga mo‘ljallangan zal zamonaviy ta’mirlangan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Prezident ijodkorlar bilan muloqotda teatrning xalq orasidagi obro‘yi va nufuzini yanada oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

“Teatrni haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish uchun avvalo yaxshi asarlar kerak. Buning uchun bu yerda taniqli san’at namoyondalari, dramaturglar bilan uchrashuvlar tashkil etib, ijodiy muhit yaratish zarur” — dedi davlat rahbari.

Ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ijodiy jamoani grim va postijyor mahsulotlari, liboslar, teatrni sahna dekoratsiyalari va konstruksiyalari, parda va boshqa buyumlar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Aktyor va rejissyorlarning malakasini oshirish, yosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak