“Muslimaat.uz” ro‘zaning tibbiy tadqiqotlariga bag‘ishlangan maqolani e’lon qildi.
1975-yili Allan Kott “Ro‘za turmush tarzidek” kitobida yozishicha, ro‘za tutishlik ovqat hazm qilish va markaziy asab sistemasiga fiziologik dam berib, modda almashinuvini normallashtirishini sezib qoldi.
Dunyoda, taxminan, 900 million musulmon mavjud. Ramazon oyida ularning aksariyati ro‘za tutadilar (ya’ni sahardan to iftorgacha hech narsa yeyishmaydi va ichishmaydi). Ular ro‘zani ozish yoki oshqozonni yukdan bo‘shatish uchun emas, balki Alloh taolo Qur’oni karimda buyurgani uchun tutishadi. “Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsalaringiz” (Baqara surasi 183-oyat )
Islom shariatiga ko‘ra balog‘atga yetmagan, kasal, safardagilar, hayz ko‘rgan yoki emizikli ayollarlar ro‘za tutishlikdan ozod qilinadilar. Ro‘zadorlar esa faqatgina yeb-ichishdan tiyilmay, balki yomon odatlardan, chekish, jinsiy aloqa qilishdan ham tiyilishlari zarur. Ramazon oyida ko‘pgina savobli ishlarni qilish, ibodatni ko‘paytirish, Qur’on tilovat qilish, ehsonlarni ko‘paytirish tavsiya etiladi.
Ro‘zador bo‘lishlik inson organizmi uchun uglevodlarni, xususan, shakarni siqib, energiya topish uchun zarur. Organizm talab etmagan ortiqcha uglevodlar mushaklarni yog‘lanishiga, jigarda glikogenlar[1]ni paydo bo‘lishiga olib keladi. Oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan insulin gormonlari qondagi shakar miqdorini boshqa energiya manbai — glikogenga burib, kamaytiradi. Insulin foydali bo‘lishi uchun modda almashinuvi jarayoni juda yaxshi bo‘lishi zarur. Masalan, to‘la kishilarda modda almashinuvi buzilgani uchun ularning organizmida insulin o‘z vazifasini to‘liq bajara olmaydi. Bu esa qandli diabetga olib kelishi mumkin.
Ro‘za tutilganda organizmning uglevodni iste’mol qilishi keskin oshadi, bu esa qondagi shakar va insulinning kamayishiga olib keladi. Organizmga zarur bo‘lgan energiyaga glyukozani sarflash uchun jigar glikogenni sarf qiladi. Ro‘za tutilgan vaqtda organizmning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji yog‘ va yog‘ manbalarini qisqartiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan inson fiziologiyasidagi aspekt (jihat yoki nuqtai nazar)lar asosida vaznni muvozanatlash uchun yarim ochlik yoki parhez qilish samarali qo‘llaniladi. Bunday davolanish organizm uchun aniq miqdordagi proteinni, multivitaminlarni va boshqa moddalarni beradi. Parhez ortiqcha vazndan qutiltirishi, qondagi shakar miqdorini kamaytirishi mumkin, lekin bu yomon salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgani uchun doimiy vrach nazoratida bo‘lish kerak.
To‘liq ochlik bilan tutiladigan ro‘za ochlik hissiyotini kamaytiradi yoki umuman yo‘q qiladi. Bunda vazn tez kamayadi. 1975-yili Allan Kott “Ro‘za turmush tarzidek” kitobida ro‘za tutishlik ovqat hazm qilish va markaziy asab sistemasiga fiziologik dam berib, modda almashinuvini normallashtirishini sezib qoldi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, to‘liq ochlik bilan tutiladigan ro‘za salbiy natijalar berishi mumkin. Masalan, vrach nazoratisiz qilingan kam kalloriyali diyeta gipokalemin va yurak aritmiyasiga olib kelishi mumkin.
Islomiy ro‘zaning tadqiqotlari
Amman (Iordaniya) tibbiyot universiteti doktori Doktor Soliman 1984-yili iyun-iyul oylarida Ramazon vaqtida ko‘ngillilar ishtirokida tajriba o‘tkazdi. Unda 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan 42 nafar erkak va 16 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan 26 nafar ayol ishtirok etdi.
Ularning vaznlari o‘lchandi, qon analizlari koristolga, testosteronga, natriyga, kalsiyga, glyukozaga, xolesterin darajasiga, lipoproteid[2]ning yuqori ko‘rsatkichiga (LVP), lipoproteidning quyi ko‘rsatkichiga (LNP), triglitseringa (TG) olindi. Barcha ma’lumotlar Ramazonning boshi va oxirida yozib qo‘yildi. Natijada quyidagilar aniqlandi: erkaklarda 6.8-7.1 kg.gacha, ayollarda 4.2-4.8 gacha vazn tashlangan, qondagi glyukoza darajasi erkaklarda 23.6 mg/dl.dan 90.2 mg/dl.gacha, ayollarda 1,1 mg/dl dan 7 mg/dl gacha o‘sgan. Qolgan ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qolgan.
Tehron (Eron) tibbiyot universiteti doktori F.Azizi o‘zining yordamchisi bilan to‘qqizta sog‘ erkaklar ustidan glyukoza darajasini, bilirubinni, kalsiyni, fosforni, oqsilni, albuminni, lyuteiniziratsiyalaydigan gormonni, testosteronni, prolaktinlarni o‘lchab, tadqiqot o‘tkazdilar. Analizlar Ramazonning 10, 20, 29-kunlari olindi. Vaznning o‘rta ko‘rsatkichini aniqlab, Ramazonning 29-kuni 65.4 kg dan-61.6 kg.gacha vaznni kamayganini ko‘rsatdi. Glyukoza darajasi 10-kuni 82 mg/dl dan tushgan 20-kuni 76 mg/dl gacha, 29-kuni esa 84 mg/dl ga ko‘tarilgan. Bilirubin darajasi 10-kuni 0.56 dan 1.43 mg/dl ga ko‘tarilgan, 20 va 29-kunlariga kelib 1.1 mg/dl ga tushgan. Barcha ko‘rsatkichlar Ramazondan 4 hafta keyin o‘z joyiga kelgan. Kalsiy, fosfor, oqsil, albumin va boshqa tekshirilayotgan gormonlar sezilarli darajada o‘zgarmagan.
Doktor Azizi davriy ravishda 29 kun davomida sutkasiga 17 soat o‘zini yeyishlikdan tiyishlik erkaklarning reproduktiv gormonlariga ta’sir qilmaydi degan xulosaga kelgan.
Yuqoridagi ikki tadqiqot natijalariga ko‘ra, Islom shariatiga muvofiq ro‘za tutishlik inson salomatligida hech qanday salbiy ta’sirlar ko‘rsatmay, vaznni va lipidli moddalar almashinuvini kamaytirish bilan foydalidir.
[1]Hayvonlar polisaxaridi – glyukoza birikmalaridan tuzilgan tarmoqlangan molekula. Asosiy bog‘lari: 1:4, yon shoxlari 1:6 bog‘lar bilan qo‘shilgan 6-12 glyukoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Yengil sarflanadigan ehtiyot uglevod sifatida jigarda 3-5% gacha saqlanadi. Odam va hayvon organizmining muhim energiya manbai.
[2]Prostetik turkumi lipid bo‘lgan murakkkab oqsillar. L. Qon plazmasida, sitoplazma, hujayra orgonoidlari va membranasi, tuxum sarig‘ida bo‘ladi. Qon plazmasi L.i lipidlar, ularda eriydigan gormonlar va vitaminlar, neytral lipidlar, fosforlipidlar, erkin va esterifsirlangan xolesterin, erkin yog‘ kislotalarining qon va limfa orqali jigar va boshqa a’zolarga tashilishini hamda tarqalishini ta’minlaydi. Kraxmal bloklaridagi elektroforezda L. Β, α va α2 – globulin fraksiyalari bilan birga siljiydi.
Islom shariatidagi Ramazon ro‘zasi boshqa ro‘zalardan nimasi bilan farq qiladi?
Ma’lumki, Islom shariatidagi ro‘za yuqorida ko‘rsatilgan parhezlardan bir vaqtning o‘zida ikki aspekt (jihat yoki nuqtai nazar)ga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Uning ajoyib tibbiy xossalari quyida keltirilgan dalillarda namoyon bo‘ladi:
- Ramazon oyida tutilgan ro‘za boshqa parhezlardan shunisi bilan farq qiladiki, unda iftor va sahar vaqtlarida taomlar cheklanmasligi bilan to‘ymaslik yoki kaloriyasiz bo‘lishligi kutilmaydi. Buni 1074-yilda Shimoliy Dakotadagi universitet talabalari ustida olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra M.M. Xussain tasdiqlagan.U o‘z tadqiqotlaridan tibbiyot talab etgan me’yordagi kaloriya Ramazon oyida uchdan ikki qismni tashkil etadi, degan xulosaga kelgan.
- Ramazonda ro‘za tutishlik ixtiyoriydir. U shifokor tomonidan belgilanmaydi. Miyaning gipotalum qismida “lipostat” deb nomlanuvchi markaz mavjud. U inson tanasining barcha qismini nazorat qilib turadi. To‘liq va qisman ochlik davrdagi parhezda vazn sezilarli darajada kamayadi, bunga esa markaz fojiaga qaragandek javob beradi va organizmni parhez tugaganidan so‘ng yana o‘z holiga kelishi uchun dasturlaydi. Shunday qilib, ozishning yagona ma’qul yo‘li asta-sekinlik bilan nazorat ostida bosqichma-bosqich ozuqani kamaytirishdir. Ramazon – bu o‘z-o‘zini nazorat qilish va tarbiyalash oyidir. Bu esa oziqlanish fe’l-atvorida lopostatning dasturiga ijobiy ta’sir qiladi.
- Islom shariati ozuqani cheklamaydi (ya’ni faqat oqsil, uglevod, sabzavot va mevalarni iste’mol qilish). Sahar vaqtida yengil nonushta qilinadi, iftor vaqtida biror shirinlik masalan, xurmo, mevalar, sharbatlar bilan og‘iz ochiladi. Bu esa keyinroq iste’mol qilinadigan kuchli ovqat paydo qiladigan gipoglitsenlardan forig‘ bo‘lishga olib keladi.
- Iftordan keyin ozuqadagi moddalar almashinuviga yordam beruvchi qo‘shimcha namoz (taroveh) o‘qiladi. Kaloriyalarni sarhisob qilish yordamida Taroveh namozida, taxminan, 200 kaloriya energiyaning yemirilishini hisobladim. Islom ibodatlaridan bo‘lmish “Namoz” mushaklar uchun mashq bilan kaloriyalarni tarqalishida yumshoq jismoniy tarbiya mashqlarini o‘zida bog‘laydi.
- O‘z-o‘zidan Ramazon o‘zini tarbiyalash mashqi hisoblanadi. Chekuvchilar, shirinxo‘rlar, kofeni sevuvchilar uchun bu odatlarni kamaytirish uchun yaxshi mashq hisoblanadi va albatta, Ramazondan keyin ham buni davom ettirishni umid qilish kerak.
- Musulmonlar ro‘zada ruhiy natijani yaxshilanishiga guvohlik berishgan. Ular Ramazon xotirjamlik va tinchlik hissiyotini berishini aytishadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Birortangiz ro‘za tutayotgan ekansiz, aslo lof va yomon so‘zlamang, baqirib-chaqirmang ham. Bordiyu birov uni so‘ksa yoki bo‘lmasa u bilan g‘avg‘o qilmoqchi bo‘lsa, unga ‘Men ro‘zaman’ desin-u, so‘z aytmasin”, shuningdek, Ramazon oyida birovga dushmanlik qilish eng kichik qiymatda bo‘ladi. Bu oyda musulmonlarning qo‘rquvi jinoyatlarning keskin kamayishiga olib keladi.
Kasalxona va klinikadagi bemorlar uchun ro‘za tutishlik
Yuqorida eslatib o‘tilgandek, ayrim bemorlar ro‘za tutishlikdan ozod etiladi. Ammo ayrimlari ro‘za tutishlari mumkin. Ular uchun quyidagi tavsiyalar beriladi:
- Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar.Qandli diabet bilan og‘rigan va parhez buyurilgan bemorlar ro‘za tutishlari mumkin va ularning vaznlari kamayishi bilan kasallik o‘tib ketishi ham mumkin yoki ularning holatlari yaxshilanishi mumkin. Qandli diabet bilan og‘rigan va parhez bilan bir qatorda Orinaz kabi gipoglitsemin preparatlari buyurilgan bemorlar uchun ro‘zador bo‘lishliklarida ayrim ehtiyot choralarini ko‘rishlari kerak. Ular preparatning miqdorini uchdan bir qismga kamaytirishlari va preparatni ertalab emas, iftor vaqtida iste’mol qilishlari kerak. Agar ular qonlarida shakar miqdori kamayganini sezib qolsalar yoki aniqlasalar, darhol ro‘za tutishlikni to‘xtatishlari kerak. Insulin qabul qiladigan qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar ro‘za tutishlari aslo mumkin emas. Agar ular tavakkal qilib ro‘za tutishlikni lozim topsalar, albatta, shifokor nazoratida bo‘lib, insulin miqdorini o‘zgartirishlari shart. Qandli diabet bilan og‘rigan va ro‘za tutayotgan bemorlar iftor, sahar vaqtida parhezga qattiq e’tibor berishlari kerak. Ramazonda shirinliklar ko‘p iste’mol qilinadi, bu vaqtda parhezni bu bilan buzishlik, ularning sog‘ligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ular ertalab va iftordan keyin qondagi shakar miqdorini tekshirtirishlari kerak.
- Yurak yoki qon bosimi bilan og‘rigan bemorlar.Vazn ortiqchaligida yengil va og‘ir qon bosimi bilan og‘rigan bemorlar ro‘za tutishlari kerak, chunki ro‘zador bo‘lishliklari ularning qon bosimlari kamayishiga olib keladi. Buning uchun ular shifokor ko‘rigidan o‘tib, ro‘za vaqtida qanday dorilarni iste’mol qilishlari kerakligini yoki umuman, iste’mol qilishlari mumkin emasligini aniqlab olishlari kerak. Masalan, organizmda suv miqdorini me’yorda ushlash uchun siydik haydaydigan dorilarni kamaytirish tavsiya etiladi. Inderila yoki Tenormina turidagi dorilarni kuniga bir mahal sahar vaqtida ichish tavsiya etiladi. Yurak xastaligi ancha og‘ir yoki qon bosimi yuqori bo‘lgan bemorlar ro‘za tutishlari mutlaqo mumkin emas.
- Bosh og‘rig‘i va migren[3] bilan kasallangan bemorlar.Bosh og‘rig‘i, suvsizlik, qondagi shakar miqdorining kamligi ro‘za vaqtida xuruj beradi. Yog‘ kislotalari suv bilan qattiq rejimda oziqlanishi va qonning oziqlanishi ozod yog‘ kislotalarining oshishiga olib keladi. Bu esa katexolaminni[4] ozod bo‘lishidan migrenni ko‘tarilishiga olib keladi. Migren bilan og‘rigan bemorlarga ro‘za tutmaslik tavsiya etiladi.
- Homilador ayollar(homiladorligi yaxshi, hech qanday salbiy oqibatlarsiz o‘tayotgan ayollar uchun). Homiladorlik kasallik hisoblanmaydi. Homiladorlik vaqtida ro‘za tutmaslikka dalolat tibbiyotda ham, Qur’onda ham eslatib o‘tilinmagan. Biroq Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilarki, “Homilador va emizikli ayollar ro‘za tutmasliklari mumkin, chunki Alloh taolo kichkinagina maxluqotga ham zarar yetishini xohlamaydi”. Homiladorlik vaqtida ro‘za tutishlik homilaga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi, yo‘qmi, buni bilish mutlaqo mumkin emas. Bilganida ham ancha kech bo‘ladi. Lekin mening fikrimcha, homilaning birinchi va oxirgi uch oyligida ro‘za tutmaslik kerak. Agar ro‘za vaqti, homilalikning ikkinchi uch oyligiga (4-6 oylariga) to‘g‘ri kelsa, homilador ayol o‘z xohishiga ko‘ra quyidagi shartlar asosida ro‘za tutishi mumkin:— Uning sog‘ligi mustahkam bo‘lsa;— Ginekolog shifokor ruxsati bilan va shifokorning davriy ravishda a’lo darajadagi nazorati bilan.
[4]Migren – kallaning yarmida paydo bo‘ladigan og‘riq xuruji. Kasallik ba’zan oilaviy tus oladi. Unga serotonin va prostoglandin moddalar almashinuvining buzilishi sabab bo‘ladi. Xuruj boshlanishida boshning tashqi qismidagi qon tomirlari keskin torayib, bosh miya qon tomirlari esa kengayishi natijasida bosh qattiq og‘riydi.Katexolaminlar qon tomirlari qisqarishini kuchaytiradi, oraliq moddalar almashinuvi va nerv o‘tkazuvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi
www.islam-usa.com saytidanMuallif: Tibbiyot fanlari doktori Shahid Atar
Izoh (0)