Amerika kosmik agentligi bir vaqtning o‘zida ko‘chma ilmiy laboratoriya vazifasini bajaruvchi noyob yo‘lovchi marsoxodini taqdim etdi, deb yozadi National Geographic.
Mars yo‘ltanamasi NASA muhandislari tomonidan Parker Brothers Concepts kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida yaratildi. Kompaniya fantastik filmlar uchun g‘oyalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Yangi Mars Rover’ning uzunligi 8 metr, balandligi 3,4 metr, eni esa 4 metrni tashkil etadi. Uning korpusi yengil va mustahkam kompozit materiallardan ishlangan, 50 dyuymli oltita g‘ildiragi esa Marsning yopishqoq tuprog‘ida harakatlanishga moslashtirilgan.
Elektrik kuch qurilmasi unga tekis yuzada soatiga 110 kilometrgacha tezlikda harakatlanish imkonini beradi, biroq Mars sharoitida avtomobil soatiga 25 kilometrdan tez harakatlana olishi ehtimoli juda kam.
Avtomobilning asosiy bo‘linmasiga to‘rt nafar astronavt joylasha oladi.
Shu kunlarda Mars Rover’ni Floridadagi Kennedi kosmik markazi tomonidan tashkil etilgan Summer of Mars sayyor festivalida ko‘rish mumkin. NASA mutaxassislarining ta’kidlashicha, kelajakda Marsga ushbu yo‘ltanlamasning aynan nusxasi yuborilmaydi. Bu yo‘ltanlamas uning prototipi hisoblanadi.
Izoh (0)