Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi ilk bor avval foydalanilgan kosmik qurilma Dragon’ni muvaffaqiyatli uchirdi. U orbitaga xalqaro kosmik stansiya uchun oziq-ovqat va ilmiy qurilmalar yetkazdi. Bu haqda “Space.com”ga tayanib, Daily Afisha xabar bermoqda.

Foto: Daily Afisha

Foto: Daily Afisha

Dragon Kanaveral burnidagi kosmodromning 39A start maydonchasidan parvoz qildi va XKS bilan uchrashish uchun orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi. Falcon 9 eltuvchi raketasi esa yerga qo‘ndi. 5-iyun kuni Dragon XKSga tutashadi va neytron yulduzlarni qidirish uchun ilmiy qurilmalar, quyosh batareyalari, tajriba sichqonlari va pashshalari, shuningdek, Yerni kuzatish uchun asbob-uskunalarni yetkazadi.

Dragon Yerga qaytish imkoniga ega dunyodagi yagona kosmik yuk kemasiga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi