Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi ilk bor avval foydalanilgan kosmik qurilma Dragon’ni muvaffaqiyatli uchirdi. U orbitaga xalqaro kosmik stansiya uchun oziq-ovqat va ilmiy qurilmalar yetkazdi. Bu haqda “Space.com”ga tayanib, Daily Afisha xabar bermoqda.
Dragon Kanaveral burnidagi kosmodromning 39A start maydonchasidan parvoz qildi va XKS bilan uchrashish uchun orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi. Falcon 9 eltuvchi raketasi esa yerga qo‘ndi. 5-iyun kuni Dragon XKSga tutashadi va neytron yulduzlarni qidirish uchun ilmiy qurilmalar, quyosh batareyalari, tajriba sichqonlari va pashshalari, shuningdek, Yerni kuzatish uchun asbob-uskunalarni yetkazadi.
Dragon Yerga qaytish imkoniga ega dunyodagi yagona kosmik yuk kemasiga aylandi.
Izoh (0)