Chernogoriyaning 70 nafar siyosatchisi, shu jumladan, deputatlar va amaldorlarning Rossiya hududiga kirishi taqiqlandi. Bu haqda, mahalliy Pobjeda nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Qora ro‘yxatga kiritilgan siyosatchilar orasida mamlakat bosh vaziri Dushko Markovich, hukumatning sobiq rahbari Milo Jukanovich hamda mamlakatning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlagan 46 deputat tilga olingan.
Chernogoriya Sotsial-demokratik partiyasi raisi Mirko Stanich skupshchinadagi (parlamentdagi) partiya a’zolariga Rossiya kirish taqiqlanganini tasdiqladi.
Mamlakat TIV bu borada rasmiy Moskvaga so‘rov yo‘llashini bildirdi.
Rossiya tomonidan sanksiyalarning joriy qilinishiga Chernogoriyaning NATO tarkibiga qo‘shilishi sabab bo‘ldi.
Izoh (0)