Shu yilning oxiriga qadar IIV Toshkent shahrida 100 ta avtomobilda olib qochishga qarshi masofali tizimni sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Yangi tizim faqat mijozning iltimosiga binoan o‘rnatilishi mumkin. Tizimning ishlash prinsipi oddiy — ichki ishlar organlari xodimlari avtomobilga maxsus GPRS uskunasini o‘rnatadi; u transport vositasining joyini aniqlab beradi.
Tizim o‘rnatilgan paytda haydovchining shaxsi tanib qolinadi. Mashina noqonuniy yo‘l bilan ochilganida signal avtomatik tarzda ishga tushadi. Agar tizim haydovchini tanimasa, serverga avtomobil olib qochilgani haqida axborot kelib tushadi.
Avtomobildan doimo chiqib turadigan maxsus signal yordamida IIV xodimlari transport vositasining joyini aniqlaydi va mashina egasining talabiga binoan uni masofadan turib o‘chirib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.
Tizim qachon ishga tushirilishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)