Suriyaning Rakka viloyatida AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya aviatsiyasining zarbalari oqibatida 20 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi, yetti nafari yaralandi. Bu haqda, SANA agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea Rakka shahridan 8 kilometr janubroqda, ar-Ratla va al-Kasara aholi yashash punktlari o‘rtasida ro‘y berdi. Yaralanganlarning ikki nafari og‘ir ahvolda.
Oxirgi kunlarda koalitsiya kuchlarining hujumlari oqibatida tinch fuqarolar halok bo‘lishi bilan bog‘liq voqealar ko‘p kuzatilmoqda.
Izoh (0)