Xitoyda 26-may tongida Ichki Mo‘g‘uliston avtonom tumani Xalq siyosiy maslahat kengashi qo‘mitasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Chjao Lipinga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Mansabdorga nisbatan hukm fevral oxirida Shansi provinsiyasi xalq sudi tomonidan apellyatsiyaga javoban chiqarilgan edi. O‘tgan yilning noyabr oyida Chjao Lipinning 2 million yuanlik (291 ming dollardan ortiq) mol-mulki musodara etilib, barcha hukumat vakolatlaridan mahrum etilgan, shuningdek, o‘lim jazosiga hukm etilgan edi.
Avvalroq sud mansabdorga nisbatan e’lon qilingan ayblovlar bo‘yicha dalillarni asosli deb topdi. Unga nisbatan 2015-yilning martida qasddan odam o‘ldirish aybi qo‘yilgan. Bundan tashqari, Chjao Lipin 23,6 million yuan (3,4 million dollar) miqdorda pora olishda aybdor deb topilgan.
Izoh (0)