Tailand mezbonligida o‘tayotgan futzal bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Xose Mariya Mendes boshchilik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalga qadar yetib keldi.
Livan, Gonkong, Myanma va Qatar termalari joy olgan guruhni peshqadam sifatida yakunlagan o‘zbekistonliklar, chorak finalda Mo‘g‘uliston bilan to‘qnash keldi. Bellashuvda hakamlar O‘zbekistonga bir, raqibga esa ikki marta qizil kartochka ko‘rsatishga majbur bo‘ldi.
O‘yin davomida mo‘g‘ulistonlik futbolchilar hisobda oldinga chiqib olgan vaziyatlar ham bo‘ldi. Shunga qaramay Mendes shogirdlari irodali g‘alabaga erishdi.
Yarim final bellashuvlari ertaga — 24-may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston termasi mezbon Tailandni ham mag‘lub etib, guruhni yuz foizlik natija bilan yakunlagan va chorak finalda Yaponiyani mag‘lub etgan Iroqqa qarshi saf tortadi.
Qayd etish kerak, Mendes boshchilik qilgan O‘zbekiston futzal termasi Osiyo chempionatining finaliga qadar yetib borgandi. 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar qanday natija ko‘rsatishini chorshanba kuni bilib olish mumkin.
Finalga qadar yetib borgan ikki mamlakat termalari 2018-yil bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Olimpiadada ishtirok etadi.
Osiyo chempionati—2017 Chorak final 22-may, dushanba
Indoneziya — Tailand 2:4Eron — Livan 6:2Iroq — Yaponiya 1:0O‘zbekiston — Mo‘g‘uliston 10:7
Yarim final 24-may, chorshanbaTailand — EronIroq — O‘zbekiston
Izoh (0)