Rossiya va Turkiya savdodagi cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi. Hujjatni ikki mamlakatning bosh vazirlari o‘rinbosarlari Arkadiy Dvorkovich va Mexmet Shimshek imzoladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Marosimda ikki mamlakat bosh vazirlari Dmitriy Medvedev va Binoli Yildirim ishtirok etdi.
Moskva 2016-yil yanvarida Turkiyadan bir qator tovarlarning olib kirilishini taqiqlagan edi. Bu choralar Turkiya harbiy-havo kuchlarining Suriyada Rossiyaga tegishli Su-24 samolyotining urib tushirishiga javob sifatida qabul qilingan edi.
Izoh (0)