Oq Uy AQSh prezidenti Donald Trampning Arab-Amerika islom sammiti doirasida so‘zlaydigan dasturiy nutqidan parchalarini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
O‘z nutqi doirasida Tramp 50 musulmon mamlakatlari yetakchilarini “ezgulik va yovuzlik jangi” doirasida ekstremizmga qarshi kurashga chaqiradi.
“Bizning maqsadimiz — ekstremizmni yo‘q qilish va Tangri oldida g‘urur bilan bolalar bolalarimiz kelajagini ta’minlashda qat’iyatli bo‘lgan millatlar koalitsiyasi”, — deyiladi nutq matnida.
Tramp, shuningdek, har safar terrorchi aybsiz odamni o‘ldirib, Xudoning ismini yolg‘on tilga olganida “har bir iymonli inson o‘zini haqoratlangan hisoblashi” lozimligini ta’kidlab o‘tadi.
“Bu turli dinlar, oqimlar yoki turfa sivilizatsiyalar urushi emas. Bu inson hayotini yo‘q qilishga urinayotgan yovvoyi jinoyatchilar va bu hayotni himoya qilishni istagan barcha dinlardagi munosib insonlar kurashidir”, — deyiladi nutqda.
Izoh (0)