NATO kuchlari Suriya hududida harbiy operatsiyalar o‘tkazmaydi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“NATO hech qanday harbiy harakatlarda ishtirok etmasligini tushunish juda muhim. Bu borada hech qanday so‘rovlar kelib tushmadi”, — dedi u Bryusselda o‘tayotgan Yevroittifoq mudofaa bo‘yicha kengashida.
Shu bilan birga, u NATO AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiyani qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)