Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy xizmati rahbari Federika Mogerini Buyuk Britaniya ittifoq tarkibidan chiqqanidan so‘ng tuzilma tarkibi Bolqon mamlakatlari hisobidan kengayib borishini ma’lum qildi. “Kommersant.ru”ga ko‘ra, bu jarayonni u “Yevropaning birlashuvi” deb atadi.
“Ishonchim komilki, kelajakda Yevroittifoq 27 mamlakatdan iborat bo‘lib qolmaydi, negaki bizda yangi a’zo davlatlar bo‘ladi. O‘ylaymanki, bular Bolqon davlatlari bo‘ladi, ular bilan qo‘shilish borasida muzokaralar olib bormoqdamiz”, — dedi u Italiyaning La Stampa gazetasiga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, Mogerini xonim hali muzokaralar yakuni uzoq ekanligini tan oldi.
Izoh (0)