MXX va Shayxontohur tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida IShID guruhi tomonidan yollangan juftlik qo‘lga olindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, 1968-yili tug‘ilgan o‘zbekistonlik ayol Suriyaga ketib, u yerda terrorchilik faoliyatini yuritish ko‘nikmalariga o‘rgatilgan hamda IShID tarkibiga kirgan.
Telegram yordamida ayol o‘z oilasini ushbu guruh uchun yollagan. U o‘zi terrorchi libosida, qo‘lida qurol bilan tushgan turli video va fotomateriallarni oilasiga ushbu messenjer orqali jo‘natgan. Bundan tashqari, ayol turmush o‘rtog‘i va o‘g‘liga terrorchilik harakatini yuritishni o‘rgatgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)