Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Olland 14-may kuni rahbarlik vakolatini prezident saylovida g‘alaba qozongan Emmanuel Makronga topshiradi. Bu haqda, FranceInfo nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Olland bo‘lajak prezidentga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
“Men o‘z faoliyatim bilan Makronga yo‘l ko‘rsatganimni, u shu yo‘ldan davom etishi mumkinligidan g‘ururlanaman”, — ta’kidladi siyosatchi.
Ollandning mandati 14-may tunida tugaydi.
Izoh (0)