Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikiston rasmiylari “O‘lmas polk” aksiyasi avval boshidan respublikada “G‘alaba kuni”ni nishonlash borasidagi rejaga kiritilmagani uchun Dushanbeda o‘tkazilmaydi, deb tushuntirish berdi. Bu haqda “Xovar” davlat axborot agentligi ma’lumot tarqatdi.

Foto: “Narodniye novosti”

Foto: “Narodniye novosti”

Xabarda ta’kidlanishicha, Tojikiston va Afg‘onistonning chegara hududida sodir bo‘layotgan jangovar harakatlar sabab mamlakat rasmiylari 9-may kuniga rejalashtirilgan aksiyalardan oshig‘ini o‘tkaza olmaydi.

Bundan tashqari, islom an’analariga binoan, musulmonlar o‘lgan odamlarning suratlarini ko‘tarib olib ko‘chalarda yurishi mumkin emas, deb yozadi “Xovar”.

Dushanbe meriyasiga “O‘lmas polk” aksiyasini o‘tkazish borasida ariza respublika urush va mehnat faxriylari qo‘mitasi tomonidan berilgan edi.

“O‘lmas polk” aksiyasi 2007-yili xalq tashabbusi sifatida Tomskda boshlangan edi. Keyinchalik u butun Rossiyada hamda qator boshqa davlatlarda o‘tkazila boshlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)