Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo 4-may kuni irlandiyalik hamkasbi Enda Kenni bilan uchrashdi. Ushbu kun an’anaviy ravishda “Yulduzli janglar” kuni hisoblangani bois Tryudo uchrashuvga o‘ziga xos paypoq kiyib kelishga qaror qildi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: AP

Foto: AP

Uchrashuvda olingan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, Tryudoning paypoqlaridan birida R2-D2, ikkinchisida esa C-3PO droidi tasvirlangan.

Foto: Twitter / @JustinTrudeau

Foto: Twitter / @JustinTrudeau

Tryudo paypoqlari aks etgan suratni internetga joylashtirib, unga “Bu siz qidirgan paypoqdir” degan izoh qoldirdi. Bu — saga qahramonlaridan Obi-Van Kenobining “Bu siz qidirayotgan droidlar emas” degan so‘zlariga allyuziyadir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda