AQSh prezidenti Donald Tramp Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan uchrashuvda Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashi zarurligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Falastin va Isroil birgalikda bitim ishlab chiqishi lozim. Ushbu bitim birgalikda ishlash, yashash va rivojlanish imkonini berishi zarur”, — dedi Tramp.
AQSh davlat rahbari ikki tomon o‘rtasidagi shaxs sifatida undan nima talab qilinsa, barchasini bajarishga tayyorligini hamda “Xudoning barcha farzandlari insoniyat hayotini qadrlashni o‘rganishni lozim”ligini ta’kidladi.
Izoh (0)