2-may kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokuraturasi budjet mablag‘larini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan o‘rta umumta’lim maktabi direktoriga nisbatan jinoiy ish ochdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Maktab direktori bo‘lgan ayol o‘z mansabidan foydalangan holda 7 million so‘m miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirib, ularni o‘z ehtiyojlariga sarflab yubordi.
Mazkur fakt yuzasidan tegishli modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)