Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishib, “Uchtepa” massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda

Davlat rahbarining “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan har biri 16 xonadonli 2 ta ikki qavatli va 10 xonadonga mo‘ljallangan 2, 3 xonali, 2 sotix tomorqa va yordamchi inshootlarga ega bitta bir qavatli uyda 42 ta oilaning zamonaviy sharoitlarda yashashi uchun barcha qulaylik yaratilgan. 

Yangi uylar “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi tavsiyasi bilan birinchi navbatda turar joyga ehtiyojmand yosh oilalarga berildi. Uylar yosh oilalarga manzur bo‘lmoqda. 

Mahalla raisi va profilaktika inspektori har kuni har bir oilaning holidan xabardor bo‘lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident xalq bilan muloqot qildi. 

Joriy yilda viloyatda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 18 massivda 866 uy-joy qurilishi mo‘ljallangan. “Uchtepa” massivida 6 ta 2 qavatli 16 xonadonli arzon uy-joylar qurilishi olib borilmoqda. Mazkur uylar 1-sentabrgacha foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar