2016-yil 26-oktabrida vafot etgan Tailandning sobiq qiroli Pumiplon Adulyadetning jasadini yoqish marosimining sanasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Mamlakatning harbiy rahbariyati, xususan, hukumatning rasmiy vakili general-leytenant Sansen Kevkumnedning ma’lumotiga ko‘ra, besh kunlik dafn marosimi 25-oktabr kuni boshlanadi.Ma’lumot o‘rnida, Tailand qirollik oilasi a’zolarining jasadini kuydirish marosimi keng miqyosli va katta miqdordagi mablag‘ talab qiladigan tadbir bo‘lib, bunday tadbir so‘nggi bor 70 yil oldin tashkil etilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)