Rossiyaning “Rosselxoznadzor” agentligi Moskva va Tula bo‘limlari xodimlari “Domodedovo” aeroportida hujjatdagi yanglishlik tufayli 35 Yava makakasini ushlab qoldi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar bermoqda.
Makaka maymunlari O‘zbekistondan olib kelinayotgan edi.
Aytilishicha, chegara veterinarlik nazorati chog‘ida veterinarlik guvohnomasi tegishli namunalarga muvofiq emasligi aniqlandi. Shuningdek, guvohnomaga muallifligi noma’lum, imzosi va muhri yo‘q yozuvlar kiritilgan.
Yukni qabul qilib oluvchiga nisbatan tegishli huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lumot olinganidan so‘ng yuk rasmiylashtirildi.
Izoh (0)