O‘zbekiston Oliy sudi raisi Sh.G‘oziyevning Surxondaryo viloyatidagi sayyor qabulida Termiz shahri, Termiz, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on, Boysun, Angor tumanlarida istiqomat qilayotgan ayrim fuqarolarning murojaatlari tinglandi, deb xabar beradi O‘zA.
Men 14 yil Oltinsoy tumani bolalar poliklinikasida hamshira bo‘lib ishlaganman, — dedi Nargiza Jo‘raqulova. — Ishdan asossiz bo‘shatib yuborishdi. O‘z ishimga qaytsam, yurtdoshlarimiz salomatligi yo‘lida xizmat qilsam, deyman. Adolat qaror topishiga ishonaman.
Sayyor qabulga sud hukmidan norozi bo‘lib murojaat qilganlar orasida turli idora va korxonalarning sobiq rahbarlari, huquqshunoslar ham bor.
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida tashkil etilgan Xalq qabulxonalari adolatli, huquqiy-demokratik davlat barpo etayotganimizning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi — Ko‘plab muammolar shu dargoh orqali o‘z yechimini topayotgani odamlarning hayotdan rozi bo‘lib, ertangi kuniga ishonchini yanada mustahkamlamoqda. O‘zim oliy ma’lumotli huquqshunosman, — dedi Termiz tumanidagi Tinchlik mahallasida yashovchi Saydullo Janayev. —2012-yil kech kuzda menga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, uni mazmunan ko‘rib chiqish jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudiga yuborildi. Ish to‘liq va xolisona o‘rganilmadi, degan fikrdaman. Sayyor qabulda takroriy nazorat tartibidagi shikoyatimni barcha hujjatlar bilan topshirdim. Yuzma-yuz suhbat chog‘ida Oliy sud raisi masala har tomonlama o‘rganilib, 20 kun mobaynida qonuniy ko‘rib chiqilishini va’da qildi. Fuqarolarning dardini tinglash, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan bunday adolatli tizimni yo‘lga qo‘ygan Prezidentimizdan minnatdormiz.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)