Olmaotada metropoliten yo‘lovchilari barcha stansiyalardan evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda Tengri News xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishcha, harakatdagi sostavlar to‘xtatilgan, odamlar tashqariga olib chiqilmoqda.
“Rayimbek–Furmanov metro yo‘nalishi, 5–7 daqiqa muqaddam evakuatsiya boshlandi, barcha odamlarni metrodan chiqarishdi. Metroga kirish oldida politsiya tasmasi tortildi. Voqea joyida tez yordam, politsiya, metro personali”, — ma’lum qildi guvohlardan biri.
“Yo‘lovchilar chiqarildi. Ikki sostav ham to‘xtadi. Boyqo‘ng‘ir stansiyada evakuatsiya”, — dedi boshqa guvoh.
Politsiyachilar odamlarni ichkariga qo‘ymayapti. Ulardan tarqalish so‘ralmoqda.
Metropoliten ma’muriyatining ma’lum qilishicha, metroda bomba o‘rnatilgani haqidagi anonim qo‘ng‘iroq tufayli evakuatsiya amalga oshirilgan.
Anonim qo‘ng‘iroq mahalliy vaqt bilan kechki soat 19:00 da amalga oshirilgan.
“Tekshiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda, odamlar barcha stansiyalardan evakuatsiya qilinmoqda”, — dedi ma’muriyat matbuot kotibi Ajar Xabiyeva.
Boshqa tafsilotlar ma’lum emas.
Izoh (0)