Janubiy Afrika Respublikasi poytaxti Pretoriya yaqinida mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokida ro‘y bergan YTH oqibatida 17 maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bu boradagi bayonotni favqulodda xizmatlar vakili tarqatdi.
YTH chog‘ida mikroavtobusda 20 nafar bola bo‘lgani ma’lum.
Voqeaning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti.