AQShning Afg‘oniston sharqiga tashlagan o‘ta kuchli bombasi natijasida IShIDga qarashli mahalliy guruhning kamida to‘rt yetakchisi hamda 90 jangari halok bo‘ldi. Bu haqda Afg‘oniston rasmiylariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mudofaa vazirligi 94 nafar jangari yo‘q qilingani haqidagi xabarni tasdiqlab, terrorchilarning tunnellar tizimi ham buzilganini ma’lum qildi. Vazirlik, shuningdek, mahalliy aholidan hech kimga zarar yetmaganini qayd etdi.
“Birinchi pana joydagi 22 kishi, ikkinchi tunneldagi 62 jangari, uchinchisidagi 10 kishi — jami IShIDning 94 a’zosi o‘ldirildi”, — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni AQSh Qurolli kuchlari Afg‘onistonning Nangarhar viloyatidagi IShID terrorchilari obyektlariga o‘zining eng qudratli aviabombasi — GBU-43/B’ni tashlagan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)