Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh kutilmaganda Janubiy Koreya qirg‘oqlariga “Karl Vinson” atom avianosetsi boshchiligidagi zarbdor guruhni yoydi. Bu haqda 10-aprel, dushanba kuni “Yonxap” axborot agentligi janubiy koreyalik harbiylarga tayanib xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Ularning so‘zlariga ko‘ra, kemalar Avstraliya portlariga kirishdan iborat dastlabki rejani o‘zgartirib, Singapurdan Koreya yarim oroliga qarab yo‘l olmoqda. Avianosetsdan tashqari, guruhda ballistik o‘qlarni to‘xtatib qolishga qodir bo‘lgan raketalar joylangan kreyser va ikkita esminets bor.

Agentlik ushbu manyovrning ancha noodatiy ekanligini qayd etmoqda, chunki “Karl Vinson” Janubiy Koreyaga kirganiga hali bir oy ham bo‘lgani yo‘q.

Rossiya Federatsiya kengashining Mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi Viktor Ozyorov avvalroq Vashington KXDRdagi harbiy obyektlarga raketali zarbalar berishi mumkinligini taxmin qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov Turin klubidan jiddiy taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda
Mahalliy
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi xonadonlar buzilib, chegarani mustahkamlash obyektlari quriladi