Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

10-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: “Ryb.ru”

Foto: “Ryb.ru”

1. Stokgolm terakti ijrochisi gumoni ostida qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi ismi ma’lum qilindi. Aytishlaricha, Rahmat Oqilov 2016-yildayoq O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan.

2. GM Uzbekistan o‘z avtomobillarining narxi oshishi haqidagi mish-mishlarga “aloqasi yo‘qligi”ni bildirdi. “GM Uzbekistan avtomobillarining narxlari borasidagi har qanday o‘zgarish kompaniyaning rasmiy vebsayti va Facebook-sahifalarida oldindan xabar qilinadi”.

3. Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimlari Toshkentda doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritildi. Xodimlari Toshkentdan propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatida jami 60 muassasa bor.

4. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3650 so‘mdan oshdi. “Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan”.

5. Alisher Usmonov “Paxtakor” klubi aksioneriga aylandi. Keyin boshlandi: Umid Ahmadjonov Alisher Usmonov “Paxtakor”ga aksioner, o‘zi klubga bosh direktor bo‘lmagani haqida aytdi; “Paxtakor” esa o‘ziga tegishli bo‘lgan xabar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi, faqat gap qaysi xabar haqida borayotganiga aniqlik kiritmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi