Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 9-aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatida Amerikaning Suriyaga raketa zarbasi huquqiy asoslari to‘g‘risidagi masalani muhokama etmadi. Bu haqda Tokiodagi matbuot anjumanida vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yosixide Suga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “Polit.ru”

Foto: “Polit.ru”

“Yaponiya va AQSh yetakchilarining telefon orqali suhbatida xalqaro huquq nuqtai nazaridan harbiy harakatlar uchun asos yuzasidan tushuntirish berilmadi. Mamlakatimiz mazkur harbiy operatsiyaning ishtirokchisi emas, hozir biz shunchaki Amerika tomonining pozitsiyasini tinglamoqdamiz”, — dedi u.

“G‘arb va Yaqin Sharq mamlakatlari AQShning mazkur harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Mazkur masala ‘yettilik’ doirasida, BMT va boshqa maydonlarda muhokama etilishi taxmin qilinmoqda. Biz xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda ishtirok etish niyatidamiz”, — deya ta’kidladi Yosixide Suga.

9-aprel kuni Yaponiya va AQSh rahbarlari 45 daqiqalik telefon orqali suhbat uyushtirib, unda Suriya va KXDRdagi vaziyat muhokama etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholiga gaz yetkazib berishni oshirish maqsadida Farg‘ona vodiysidagi zapravkalar ishi vaqtincha to‘xtatildi
Mahalliy
“Energetika tariflari erkinlashishining samarasini aholi ikki oyda sezishni boshlaydi” — Sherzod Xo‘jayev
Madaniyat
Sevimli filmlarimizning turli aktyorlar tomonidan ijro etilgan afsonaviy qahramonlari (foto)