Biror narsaga berilish yoki o‘chlikni o‘rganish bilan bir yo‘la bir nechta fan — psixologiya, sotsiologiya, tibbiyot shug‘ullanadi. Noodatiy berilishlar shunchalik ko‘pki, ularni bitta maqolaga sig‘dirib bo‘lmaydi. Keling, ularning ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Kitob o‘qishga o‘chlik
Bunday moyillikka ichki quloq kasalligi olib kelishi mumkin, uning natijasida odam diqqatni to‘plash qobiliyatini yo‘qotadi, unda sababsiz xavotir, qo‘rquvlar paydo bo‘ladi. Ammo odam sog‘aygach, u bosh ko‘tarmasdan o‘qishni boshlaydi, chunki endi o‘qish jarayoni juda oddiy va oson tuyuladi, va ularga katta zavq bag‘ishlaydi. O‘qishga berilgan kishilar uxlamay qo‘yadi, chunki deyarli butun vaqtini kitobga sarflaydi. Ko‘pchilik hatto o‘z ishini ham tashlaydi.Teleseriallarga o‘chlik
Keksa ayollarga xos. Agar qandaydir sabablarga ko‘ra, teleseriallarga mukkasidan ketgan ayollar navbatdagi seriyani ko‘ra olmasa, ularning qo‘llari qaltirab, lablari titray boshlaydi — bular narkotik “lomka” simptomlari va psixoz belgilari.O‘yinlarga o‘chlik
Bolalar va o‘smirlarning ko‘p qismi azob chekadigan moyillik. Boshida bunday o‘chlik yengil kechadi. Bola shunchaki bo‘sh vaqtini kompyuter yoki o‘yin pristavkasi qarshisida o‘tkazadi, ovqatlanish va uxlash haqida unutadi, hatto uyqusida ham klavishlarni teradi. O‘yinga berilgan kishilarda paydo bo‘ladigan simptomlar quyidagicha:- o‘yinchi mo‘may pul topish imkonini beruvchi noyob o‘yin usulini o‘ylab topganiga ishonch;
- yirik summali yutuq qanday sarflanishi haqidagi orzular;
- o‘yinlar o‘rtasidagi tanaffus vaqtida hissiy himoyalanmaganlik tuyg‘usi;
- infantillik va mas’uliyatdan qochish istagi.
Sportga o‘chlik
Ko‘pincha sportga berilganlar o‘z qomatini etalon standartlarga yaqinlashtirish maqsadida keladi. Ammo oxir-oqibat bunday ishtiyoq haddan tashqari zo‘r berish va sportga bog‘lanib qolishga olib keladi. Agar jismoniy yuklama minimumgacha kamaytirilsa, organizm xuddi narkotiklardan voz kechilganda kuzatiladigan “lomka”ni boshdan o‘tkazadi. So‘ng odam depressiyaga tushadi, uyqusi yomonlashadi, agressiya esa kuchayadi.Manba: “Bunpie.ru”
Izoh (0)