Namangan viloyatida xotin-qizlar qo‘mitalari boshchiligida “Yarashtirish komissiyasi” oyligi doirasidagi ishlar bo‘yicha alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jadval asosida viloyatdagi 770 ta mahalla fuqarolar yig‘inida mutaxassislardan iborat mahalla va oilalarda nizolarni bartaraf etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhlar shakllantirildi.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatning shahar va tumanlarida 1625 ta oila yarashtirildi. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida esa viloyat bo‘yicha o‘rganishlar jarayonida aniqlangan oilalarning masalalari MFYlarda muhokama qilindi. Birgina 28-mart kunining o‘zida viloyatda 67 ta oila tiklandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)