Iroqning Mosul shahrida qulagan bino uyumlari orasidan 61 kishining jasadi topildi. Bu haqda harbiylar axborot berdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, janglar vaqtida binodan IShID jangarilari tomonidan o‘q uzilgan. Keyinroq ular odamlarni yerto‘laga haydagan va binoni tirik qalqon sifatida ishlatish maqsadida unga mina o‘rnatgan.
AQSh boshchilik qilayotgan davlatlar ittifoqi vakillarining ma’lum qilishicha, ular bino atrofidagi hududga aviazarbalar bergan. Biroq binoning o‘zi aviatsiya natijasida qulamagani qayd etildi.
Guvohlar ittifoq samolyotlari bino yonida bo‘lib qolgan minalangan avtomobilni yo‘qotishga uringanini aytdi.
Izoh (0)