AQShning Filadelfiya shahri (Pensilvaniya shtati)da noma’lum kimsa baptizm mazhabidagi cherkovning 4 million dollarlik ipoteka kreditini butunlay to‘lab berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Citizens Bank bank xodimlari bizga qo‘ng‘iroq qilib, ipoteka qarzi qoplanganini ma’lum qildi. Bu haqiqiy saxovat bo‘ldi. Bunday bo‘lishini kutmagandik va bu ish Yaratganning yordamisiz amalga oshmagan bo‘lardi.Xabarda qayd etilishicha, saxovatli ishni amalga oshirgan kimsa noma’lumligicha qolishini istadi.Richard Dent, cherkov boshlig‘i
Cherkov boshlig‘i, shuningdek, noma’lum kimsaning to‘lovidan keyin ma’lum miqdorda pul qolganini ta’kidladi. Ortib qolgan mablag‘ga binoni ta’mirlash hamda cherkovga tashrif buyuradigan va shifoxonaga qatnaydigan qariyalarni tashish uchun mikroavtobuslar sotib olishga qaror qilindi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)