O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 16–19-mart kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan FIG seriyasiga kiruvchi Jahon kubogida ishtirok etib, tayanib sakrash bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda 41 yoshli sportchi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Olamsport” nashrining qayd etishicha, Chusovitina 14,333 ball to‘plagan holda birinchi natijani qayd etdi. Undan keyingi o‘rinlarni mos ravishda Avstraliya (14,067) va Sloveniya (13,750) vakillari qo‘lga kiritdi.
2017-yil hisobidan Oksana Chusovitina AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda 2 ta oltin va 2 ta bronza medali, Kanadadagi musobaqada esa kumush medaliga ega chiqqan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)